O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Xorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi

Xorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi

Xorazm viloyatida havo harorati +45°C gacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilmoqda. Cheklov 14-iyuldan 17-iyulgacha amal qiladi.

Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati O‘zA muxbiriga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Xorazm viloyatida 14-iyuldan boshlab bir necha kun davomida havo haroratining +44…+45°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining tavsiyasiga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida ushbu chora belgilandi.

Viloyatdagi barcha davlat bog‘chalari faoliyati 2026-yil 14-iyuldan 17-iyulga qadar vaqtinchalik to‘xtatiladi. Tizimdagi tashkilotlar 2026-yil 20-iyul (dushanba) kunidan boshlab o‘z faoliyatini odatiy tartibda davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiq ob-havo tufayli bolalar salomatligini himoya qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat bog‘chalari faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.