O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Xitoyda 1,5 million obunachiga ega mashhur itni o‘g‘irlab, yeb yuborishdi

Xitoyda 1,5 million obunachiga ega mashhur itni o‘g‘irlab, yeb yuborishdi

Xitoyda taniqli sayohatchi blogerning Chutou laqabli iti o‘g‘irlab ketilib, mahalliy restoranga go‘sht uchun sotib yuborildi. Ushbu voqea mamlakatda hayvonlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jiddiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Xitoyda egasining sayohat bloglari orqali tanilgan va ijtimoiy tarmoqlarda 1,5 million obunachi to‘plagan Chutou laqabli it go‘shti uchun restoranga topshirib yuborildi. Border Kolli zotiga mansub jonivorni yo‘lovchilar daydi it deb o‘ylashganini iddao qilib, uyi oldidan o‘g‘irlagan va bor-yo‘g‘i 28 dollarga sotib yuborgan.

Mudhish voqea 2026-yilning 11-may kuni sayohatchi bloger Guo xorijda bo‘lgan paytda yuz bergan. U safarga otlanishdan avval itini otasining uyida qoldirgan va Chutou o‘sha yerda bedarak yo‘qolgan. Keyinroq kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlar o‘rganilganda, ikki kishi uni elektr skuter yordamida olib ketgani ma’lum bo‘lgan.

Voqeadan xabar topgan Guo sayohatni muddatidan oldin yakunlab, uyiga qaytgan. Ikki haftalik qidiruvdan so‘ng u o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni topadi va itini qaytarish evaziga 10 ming yuan (taxminan 1 500 dollar) taklif qiladi. Biroq gumondor Chutou allaqachon 180 yuan (28 dollar) evaziga mahalliy restoranga sotilganini va uni so‘yib yeyishganini aytadi.

Erkak itni qarovsiz daydi hayvon deb o‘ylaganini aytib, o‘zini oqlashga uringan. Ammo Guoning ta’kidlashicha, Chutouning bo‘ynida bo‘yinbog‘ va GPS-treker bo‘lgan. Gumondor hatto uzr so‘rashdan bosh tortib, hech qanday qonunni buzmaganini iddao qilgan. Shundan so‘ng bloger huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan va Xenan viloyatining Ninlin okrugi politsiyasi hodisa yuzasidan tergov boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, bloger ushbu itni 2018-yili 2 ming yuan (300 dollar) evaziga sotib olgan edi.

Mazkur voqea Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi va hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarni kuchaytirish bo‘yicha bahs-munozaralarni yana jonlantirdi. Minglab foydalanuvchilar Chutouning o‘limini shafqatsiz va adolatsiz hodisa deb baholamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda har yili taxminan 10 million it go‘shti uchun so‘yiladi va ular aholining qariyb 20 foizi tomonidan iste’mol qilinadi.