O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildi

Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildi

Krasnodar va Nevinnomisskda Wildberries omborlariga dronlar zarba berdi. Oqibatda xodimlar jarohatlandi, Nevinnomisskda FVV rejimi joriy etildi. Bu kompaniya ob’ektlariga bir hafta ichidagi ikkinchi hujumdir.

Bu haqda kompaniya asoschisi Tatyana Kim ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikkala ob’ektda ham yong‘inlar kelib chiqqan, biroq qutqaruv xizmatlari xodimlarni o‘z vaqtida binolardan evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, jabrlanganlar bor. «WB Partnyori» Telegram-kanalida har ikkala ombor majmuasi faoliyati oqibatlar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgani bildirildi.

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyevning ma’lumotlariga ko‘ra, Krasnodardagi omborga berilgan zarba oqibatida 10 kishi jarohat olgan: ulardan uch nafari og‘ir ahvolda, bir kishi esa o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan. Stavropol o‘lkasi gubernatori Vladimir Vladimirov esa Nevinnomisskdagi omborda 5 kishi jabrlanganini va ulardan biri kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Hujum oqibatlarini tugatish va qo‘shimcha kuchlarni jalb etish maqsadida Nevinnomisskdagi yong‘in hududida mahalliy darajadagi favqulodda holat (FH) rejimi e’lon qilindi.

Bu kompaniya logistika tarmog‘iga so‘nggi kunlarda qilingan ikkinchi yirik hujumdir. 18-iyul kuni ham Kotovsk (Tambov viloyati) va Elektrostal (Moskva viloyati) shaharlaridagi Wildberries omborlari dronlar nishoniga aylangan edi. O‘shanda Kotovskda 7 kishi halok bo‘lib, 25 kishi yaralangan, Elektrostalda esa 50 dan ortiq xodim jarohatlanib, bir kishi vafot etgan edi. Ushbu holat bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu ob’ektlar harbiy maqsadlarda ishlatilganini iddao qilgan bo‘lsa, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ayblovlarni rad etib, omborlar tinch aholiga xizmat qilishini ta’kidlagan edi.

Forbes ekspertlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 18-iyuldagi zarbalar sababli Wildberries o‘z logistika quvvatlarining 9 foizigacha yo‘qotgan va ularni qayta tiklash kompaniyaga 33 milliard rublgacha tushishi mumkin. Rossiya janubidagi yangi hujumlar kompaniyaning logistika inqirozini yanada chuqurlashtirishi kutilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish