Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Vyetnam xorijiy sayyohlar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tartibini joriy etdi

Vyetnam xorijiy sayyohlar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tartibini joriy etdi

 22-iyundan boshlab Vyetnamga kirish uchun parvozdan 72 soat oldin elektron kelish kartasini (PAI) to‘ldirish shart. Uzbekistan Airways yo‘lovchilarni ogohlantirdi.

Elektron kelish kartasi (PAI) onlayn anketa shaklida bo‘lib, uni Vyetnam chegarasini kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin to‘ldirish talab etiladi. Ushbu shaklni hukumatning maxsus prearrival.immigration.gov.vn portali orqali to‘ldirish mumkin (saytda rus tili versiyasi mavjud).

Tizimga shaxsiy ma’lumotlar, viza va safar tafsilotlari kiritilgach, maxsus QR-kod shakllanadi. Yo‘lovchilar ushbu kodni telefonga saqlab olishlari yoki pasport nazoratida ko‘rsatish uchun qog‘ozga chop etishlari kerak.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” (Uzbekistan Airways) aviakompaniyasi ham o‘z yo‘lovchilarini ushbu yangi tartib haqida ogohlantirdi. Milliy aviatashuvchi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi talab 23-iyundagi HY561 reysidan boshlab barcha yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Mazkur raqamli deklaratsiyaning joriy etilishi Vyetnam aeroportlaridagi immigratsiya nazorati hududida navbatlarni kamaytirishga hamda chegaradan tez va qulay o‘tishga xizmat qiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish