So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

Vladimir Putin Ukrainaning zarbalari ortidan Rossiyada yonilg‘i tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi

Vladimir Putin Ukrainaning zarbalari ortidan Rossiyada yonilg‘i tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergan intervyusida infratuzilma va energetika ob’ektlariga berilayotgan zarbalar sababli mamlakatda, xususan Qrimda yonilg‘i taqchilligi borligini aytdi.

Jurnalist Pavel Zarubinga berilgan va Kreml tomonidan e’lon qilingan intervyuda qayd etilishicha, Rossiya to‘rt yildan buyon davom etayotgan urushda Ukrainaning ketma-ket javob zarbalariga uchramoqda. Rossiya rahbari infratuzilma, ayniqsa, energetika ob’ektlariga berilayotgan zarbalar Moskva uchun muammolar tug‘dirayotganini va hozirda ma’lum bir taqchillik kuzatilayotganini, biroq bu holat o‘ta jiddiy emasligini ta’kidladi.

Putin bergan bayonotga ko‘ra, Rossiya oldida turgan bugungi asosiy vazifa havo mudofaa tizimini kuchaytirish hamda hududlarni yonilg‘i bilan uzluksiz ta’minlashdan iborat. Rossiya rahbari Ukraina zarbalari oqibatida yoqilg‘i taqchilligi va elektr energiyasida jiddiy uzilishlar kuzatilayotgan Qrim yarim oroli masalasiga alohida to‘xtaldi — ma’lumki, ushbu inqiroz sababli o‘tgan hafta Qrimda favqulodda holat e’lon qilingan edi. Rossiya prezidentining ushbu iqrorlari Kreml rasmiy saytida joylashtirilmagan bo‘lsa-da, Rossiya axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatildi.

Bundan tashqari, Vladimir Putin “Yagona Rossiya” partiyasi qurultoyidagi nutqida ham mamlakat va fuqarolar xavfsizligini, chegaralar daxlsizligini ta’minlash hamda barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga va’da berdi. U urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar masalasiga to‘xtalib, Yaqin Sharq va Erondagi vaziyat tinchigach, Moskvaga AQSH vakillari kelishini kutayotganini hamda Rossiya barcha tafsilotlarni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Xalqaro ekspertlar hisobotiga ko‘ra, hozirda Birinchi jahon urushidan ham uzoqroq davom etayotgan ushbu urushda Ukraina jang maydonida tobora kuchli qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda.