Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyat

Veolia Energy Yakkasaroydagi hodisa yuzasidan bayonot berdi

Veolia Energy Yakkasaroydagi hodisa yuzasidan bayonot berdi

Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi. Mutassislar voqea joyida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan portlash va yo‘l o‘pirilishi holatiga «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa joyiga zudlik bilan avariya-tiklash brigadasi va korxona mutaxassislari yuborilgan. Ular shoshilinch xizmatlar bilan birgalikda holat tafsilotlarini hamda yo‘l o‘pirilishi va portlashning asl sabablarini o‘rganishmoqda.

Rasmiy munosabat va ko‘rilayotgan choralar

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, dastlabki tekshiruvlar davomida issiqlik va suv tarmoqlarida sizib chiqish (utechka) holatlari aniqlanmagan.

Tekshiruv ishlari yakunlangach hamda fojia sabablari aniqlangach, «Veolia Energy Tashkent» ko‘rilgan choralar va o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha batafsil ma’lumot berishini ma’lum qildi. Voqea joyida o‘rganish ishlari davom etmoqda.