So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 2000 dan oshgani sababli 7 kunlik motam e’lon qilindi

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 2000 dan oshgani sababli 7 kunlik motam e’lon qilindi

Venesueladagi so‘nggi 126 yildagi eng kuchli zilzilalar oqibatida 2295 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Tegishli qaror Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodrigesning topshirig‘iga binoan qabul qilingan.

“Venesuela vayronkor zilzilalar oqibatida insonlar halok bo‘lgani sabab chuqur qayg‘uga botdi. Bugun yaqinlarini yo‘qotgan oilalarning dardiga sherikmiz, yaradorlar, bedarak yo‘qolganlar hamda jabrlanganlar uchun duodamiz”, deb yozdi Rodriges o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Motam marosimlari 1-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da (Toshkent vaqti bilan 2-iyul soat 03:00) boshlandi va u bir hafta davom etadi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 2295 kishiga yetgan. Hozirda 11 267 kishi turli darajada jarohat olgan, 13 mingga yaqin odam esa butunlay boshpanasiz qolgan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 50 mingga yaqin odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi. Rodriges ularning qariyb 30 ming nafari zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan La Guayra shahri hissasiga to‘g‘ri kelishini aytdi. Qutqaruvchilar bu yerdagi vayronalar ostidan shu paytgacha qariyb 6,5 ming kishini sog‘-salomat olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Zilzila sodir bo‘lganining oltinchi kunida uch yashar bolakayning vayronalar ostidan tirik holda qutqarib olingani katta mo‘jiza bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Venesuela poytaxti Karakasdan g‘arbda 39 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu mamlakatda so‘nggi 126 yil ichida kuzatilgan eng kuchli yer silkinishidir. Zilziladan keyin o‘nlab aftershoklar qayd etildi, ko‘plab binolar qulab tushdi. Xalqaro aeroport va mamlakatdagi eng yirik dengiz porti joylashgan La Guayra shtati juda jiddiy talafot ko‘rdi. Zilzila tufayli mamlakat bo‘ylab favqulodda holat rejimi e’lon qilingan.