Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Uzgidromet avgust oyining birinchi haftasi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

Uzgidromet avgust oyining birinchi haftasi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, avgust oyining boshidagi o‘ta issiq dam olish kunlaridan so‘ng O‘zbekiston hududida harorat foni biroz pasayadi.

Joriy ish haftasi davomida havo harorati 32…35 darajadan 35…38 darajagacha atrofida o‘zgarib turadi. Faqatgina respublikaning eng chekka janubida dushanba kuni harorat 40…43 darajagacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 4–7-avgust kunlari 38…40 daraja issiq saqlanib qoladi.

Ushbu kunlari havo kam bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda hamda 4-avgust kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv tushish hodisalari xavfi mavjud. 3–5-avgust kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayib, ba’zi joylarda chang-tozon ko‘tarilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 3, 6 va 7-avgust kunlari 35…38 daraja, 4–5-avgustda esa 33…35 daraja bo‘ladi. Kechasi harorat 20…23 daraja iliq atrofiga tushadi. Sharqiy shamol soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metrgacha, 4-avgustda esa 12–15 metrgacha kuchayib, poytaxtning ayrim tumanlarida chang-tozon kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish