O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Urgut tumani prokurori o‘rinbosari poraxo‘rlik ustida ushlanib, qamoqqa olindi

Urgut tumani prokurori o‘rinbosari poraxo‘rlik ustida ushlanib, qamoqqa olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyatida yirik korrupsion holatni fosh etdi. Urgut tumani prokurori o‘rinbosari tadbirkorga gaz bo‘yicha yetkazilgan 2,8 mlrd so‘mlik zararni kamaytirib berish va yengil jazo tayinlatish evaziga pora olganlikda gumonlanmoqda.

Samarqand viloyatining Urgut tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan yirik miqdorda pora olganlik va talab qilganlik ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mansabdor shaxs muqaddam Past Darg‘om tumani prokuraturasida ishlagan davrida o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan. U mahalliy MCHJlardan birining tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga yetkazilgan 2 mlrd 887 mln so‘mlik zararni hujjatlarda 805,9 mln so‘mgacha kamaytirib bergan. Buning evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSh dollari va 35 mln so‘m pora olgan.

Shundan so‘ng u Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan ochilgan jinoyat ishi doirasida zarar miqdorini yana 150-200 mln so‘mgacha pasaytirib berishni hamda suddagi tanishlari orqali yengil jazo tayinlatishni va’da qilgan. Bu „xizmati“ uchun MCHJ rahbaridan yana 15 ming AQSh dollari talab qilgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan protsessual tartibda ushlangan.

Ehtiyot chorasi: Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari DXX tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish