Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Urganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladi

Urganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladi

Urganch shahrida fuqarolar o‘rtasidagi janjal oqibatida BYD Chazor haydovchisi Cobalt, Damas va boshqa bir BYD Chazor mashinalarini qasddan urib zararladi. Hodisa tafsilotlari.

4-avgust kuni Urganch shahridagi «Istiqlol» mahallasida avtomobillar ishtirokida favqulodda hodisa yuz berdi.

Ikki fuqaro o‘rtasida kelib chiqqan nizoli vaziyat davomida Ulardan biri BYD Chazor avtomobilida keskin manevrlar bajarib, ikkinchisasiga tegishli bo‘lgan Cobalt mashinasini qasddan urib shikastlagan.

Bundan tashqari, haydovchi voqea joyida to‘xtab turgan yana ikkita transport vositasiga — oq rangli BYD Chazor hamda Damas’ga borib urilgan. Oqibatda barcha avtomobillar jiddiy texnik shikastlangan.

Hodisa sabab hech kim jarohat olmagan.

Xabar kelib tushganidan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari haydovchining harakatlarini to‘xtatib, janjalning barcha ishtirokchilarini IIBga olib ketgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.