O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Urganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindi

Urganchda 15 yoshli maktab o‘quvchisi «VAZ-2107»da YPX xodimlaridan qochishga urindi

Urganchda «VAZ-2107» haydagan 9-sinf o‘quvchisi YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, qochishga urindi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi mahalla ko‘chalarida yuqori tezlikda harakatlanib, fuqarolar tinchligini buzgan «VAZ-2107» rusumli avtomobil videosi tarqaldi.

Hodisa joyiga yetib kelgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq u qonuniy talabga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga uringan. Quvish amaliyotidan so‘ng huquqbuzar ushlangan.

Surishtiruvlar natijasida rulda Urganch tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli o‘smir bo‘lgani aniqlandi. Voyaga yetmagan bolaning ota-onasi sodir bo‘lgan holat uchun uzr so‘rab, bu holat takrorlanmasligini bildirishgan.

O‘smirning otasiga nisbatan avtomobilni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga topshirgani uchun Ma’lumiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish