So‘nggi:
Toshkent markazida BYD svetoforning qizil chirog‘iga chiqib avtobus bilan to‘qnashdiJamiyatSanepidqo‘m Ebola virusining O‘zbekistonga kirib kelish xavfini baholadiJamiyatJazirama issiqda uydagi haroratni konditsionersiz tushirish chorasi ma’lum bo‘ldiJamiyatToshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqdaJamiyatAndijonda Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 milliard so‘mlik keshbek mablag‘lari o‘marildiJamiyatShavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildiJamiyatToshkent viloyatida qizga tegajog‘lik qilgan Mudofaa vazirligi xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda mansabdorlikka nomzodlar sun’iy intellekt orqali tekshiriladiSiyosatGretsiyaning Siros orolidagi SyrosCats boshpanasi 2027-yil uchun volontyorlar qidirmoqdaDunyoEbola virusi Afrika chegaralaridan chiqdiDunyo

Tramp Jeyk Pol va Habib Nurmagomedov o‘rtasida jang o‘tkazishni taklif qildi

Tramp Jeyk Pol va Habib Nurmagomedov o‘rtasida jang o‘tkazishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jeyk Pol va Habib Nurmagomedov o‘rtasida jang tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Bu taklif Trampning bloger va bokschi Jeyk Pol bilan o‘tkazgan intervyusi davomida aytildi. Suhbat Polning ijtimoiy tarmoq X’dagi sahifasida e’lon qilingan.

Jeyk Pol boksdan aralash yakkakurashlar (MMA)ga o‘tish rejalari haqida gapirayotgan paytda Tramp kutilmaganda raqib sifatida Habib Nurmagomedov nomini tilga oldi.

«Ehtimol Habib bilan. Habib haqida nima deysan?» — dedi Tramp. Jeyk Pol esa bunday variantni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Habib Nurmagomedov UFC tarixidagi eng mashhur chempionlardan biri hisoblanadi. U 2020-yilda Jastin Getjiga qarshi jangda g‘alaba qozonib, professional faoliyatini yakunlagan. Sportchi faoliyatini 29 ta g‘alaba va birorta ham mag‘lubiyatsiz yakunlagan.

Jeyk Pol esa professional boksda 14 ta jang o‘tkazgan. Uning so‘nggi jangi 2025-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tib, unda u sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan.

Agar Jeyk Pol haqiqatan ham MMA’ga o‘tsa, u boksdan farqli bo‘lgan yangi texnikalar va jang usullarini o‘rganishi kerak bo‘ladi.

Hozircha Tramp tomonidan aytilgan taklif faqat intervyu doirasida bildirilgan fikr sifatida qolmoqda. Nurmagomedov esa sportdagi faoliyatini yakunlab, hozirda murabbiylik hamda o‘z promouterlik loyihalari bilan shug‘ullanmoqda. Shu sabab bunday jangning rasman tashkil etilishi ehtimoli juda past deb baholanmoqda.