Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Tramp Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini uzishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ispaniyani NATOdagi “dahshatli hamkor” deb atab, Moliya vazirligiga u bilan savdoni to‘xtatishni buyurdi. Bunga Ispaniyaning harbiy xarajatlari va havo hududini yopgani sabab bo‘ldi.

O‘z bayonotida Tramp Ispaniyani ittifoqqa yetarlicha hissa qo‘shmayotganlikda ayblab, uni NATOdagi “dahshatli hamkor” deb atadi. AQSH rahbarining g‘azabiga Ispaniya hukumatining mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizi miqdorida belgilash haqidagi NATOning yangi rejasiga rozi bo‘lmagani hamda mamlakat bosh vaziri Pedro Sanchesning Eron urushi uchun AQSH harbiy samolyotlariga Ispaniya havo hududidan foydalanishga ruxsat bermagani sabab bo‘lgan. Tramp ushbu qarorini NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda ham tasdiqladi.

NATO bosh kotibi Mark Ryutte suhbatga aralashib, Trampning bosimi ostida Ispaniya o‘tgan yili mudofaa xarajatlarini YaIMning 2,1 foizigacha yetkazganini (bu ko‘rsatkich 2021-yilda 1,4 foiz edi) va katta qadam tashlaganini eslatib o‘tdi. Shunga qaramay, Ispaniya ko‘plab Yevropa davlatlaridan orqada qolmoqda.

AQSH prezidentining keskin choralariga javoban Ispaniya bosh vaziri idorasi rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, Rasmiy Madrid Vashingtonning bu bayonotlarini navbatdagi siyosiy ritorika sifatida qabul qiladi. Ispaniya tomoni ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni qadrlashini hamda ittifoqchilik aloqalarini o‘zgartirish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish