O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladi

Toshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladi

21-iyulga o‘tar kechasi Toshkentning bir nechta tumanlarida issiq suv harorati vaqtincha pasayadi. Bu Toshissiqlikmarkazi (ToshTETS) hududidagi quvurlarni sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq.

Toshkent shahrining ayrim hududlarida 21-iyulga o‘tar kechasi issiq suv harorati vaqtincha pasayishi kutilmoqda. Issiqlik ta’minoti kompaniyasi xabariga ko‘ra, bu holat ToshTETS (M-0) zonasi hududidagi issiqlik tarmog‘i quvurlarida gidravlik sinovlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq.

Aholiga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun rejaviy ishlar tungi soat 00:00 dan tonggi 06:00 gacha amalga oshiriladi. Quvurlarni yuqori bosim ostida tekshirish (opressovka) tarmog‘ining mustahkamligini aniqlash hamda kelgusi isitish mavsumiga barqaror tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Gidravlik sinovlar quyidagi ko‘cha va mavzelarni qamrab oladi:

  • Ko‘chalar: Sh. Rashidov, Bobur, Sh. Rustaveli, Glinka, Bog‘ibuston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Oybek, Avliyoata, Mirobod, Fidokor, Shahjahon, J. Shoshiy, A. Avloniy, Belariq, I. at-Termiziy, O‘rikzor, Ya. Kolas, Chimkent, Buyuk Turon, Muqimiy, Seul, Askiya, Cho‘ponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston va Samarqand Darvoza;

  • Mavze va kvartallar: S-7 mavzesi, Oqtepa mavzesi, Oqtepa mikrorayoni hamda Chilonzor mavzesining 1–5, 7, E va I-kvartallari.