Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda uzilib tushgan elektr kabeli elektrobus ustiga quladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Inbazar savdo majmualari yaqinida elektr liniyasida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, kabel elektrobus ustiga tushdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, transport vositasi shikastlanmadi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida uzilib tushgan elektr kabeli Yutong elektrobusining ustiga quladi. Holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Hodisa 11-avgust kuni soat 19:13 larda Gulsara ko‘chasida, Inbazar savdo majmuasi yaqinida yuz bergan. Havo elektr uzatish liniyasida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli kabel uzilib, qatnov qismiga hamda harakatlanib ketayotgan elektrobus ustiga tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV xodimlari, elektr tarmoqlari korxonasining avariya brigadasi va boshqa mas’ul xizmatlar yetib borgan. Hudud tezkorlik bilan xavfsizlantirilib, nosozlik to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqarolarga hamda jamoat transportiga moddiy zarar yetmagan, elektrobusga hech qanday shikast yetmagani ma’lum qilindi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish