Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldi

Toshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldi

Toshkentda telefon firibgarlari bosimi ostida 370 mln so‘m jamg‘armasini bankdan yechib olgan nafaqaxo‘r ayol so‘nggi daqiqada IIB xodimlariga murojaat qilib, pulini saqlab qoldi.

Toshkentda nafaqaxo‘r ayol telefon firibgarlarining ruhiy tazyiqi ostida bankdagi 370 million so‘m o‘z jamg‘armasini yechib oldi.

Voqea avvalida noma’lum shaxs o‘zini telefon stansiyasi xodimi deb tanishtirib, uskunalar eskirgani sababli telefon raqamini almashtirish kerakligini aytgan va shaxsiy ma’lumotlarni olgan. Bir necha kundan so‘ng boshqa bir shaxs o‘zini IIBB xodimi deb taqdim etib, ayolning nomiga noqonuniy kredit rasmiylashtirilgani hamda hisobidan 295 million so‘m o‘g‘irlanganini aytib qo‘rqitgan.

Mablag‘larni «qutqarib qolish» bahonasida firibgarlar ayoldan depozitdagi barcha pullarni zudlik bilan yechib olishni talab qilgan va jarayon davomida hech kimga bildirmaslikni hamda aloqani uzmaslikni tayinlagan.

Aksiyadorlik bankiga borib, 370 million so‘m naqd pulni yechib olgan ayol binodan chiqishda IIB xodimlarini ko‘rib qolib, ularga murojaat qilgan. Huquq-tartibot xodimlari holat firibgarlik ekanini tushuntirib, ayolning barcha jamg‘armasini saqlab qolishga yordam bergan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish