Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda «Qo‘yliq» dehqon bozori faoliyati yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani sababli to‘xtatildi

Toshkentda «Qo‘yliq» dehqon bozori faoliyati yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani sababli to‘xtatildi

Bektemir tumanidagi «Qo‘yliq» dehqon bozori faoliyati yong‘in xavfsizligi talablari buzilgani sababli qisman to‘xtatildi. Bozorning bir qismi elektr energiyasidan uzildi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi poytaxtning Bektemir tumanida joylashgan «Qo‘yliq» dehqon fermer bozori faoliyatini qisman vaqtincha chekladi.

Ushbu qaror bozorda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida yong‘in xavfsizligi talablari jiddiy ravishda buzilgani aniqlangani sababli qabul qilindi. Cheklov chorasi sifatida bozor hududining bir qismi elektr energiyasi ta’minotidan uzib qo‘yildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aniqlangan kamchiliklar yong‘in kelib chiqish xavfini oshiradi hamda fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki xavfsizligiga bevosita tahdid soladi.

Bozorning to‘xtatilgan qismi faoliyati va savdo nuqtalari aniqlangan barcha kamchiliklar hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish