O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkentda kapotiga intim o‘yinchoq yopishtirib yurgan Cobalt haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda kapotiga intim o‘yinchoq yopishtirib yurgan Cobalt haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahar YHXB xodimlari kapotiga kattalar uchun mo‘ljallangan intim o‘yinchoq yopishtirilgan Cobalt haydovchisini aniqladi. Sud unga mayda bezorilik uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida kapotiga kattalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoq yopishtirilgan holda harakatlanib ketayotgan Cobalt avtomobili videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu avtotransport vositasi egasining shaxsi aniqlandi.

Avtomobil egasi sodir bo‘lgan voqeani mashinasi to‘xtab turgan vaqtda kapotiga begona shaxslar ushbu buyumni yopishtirib ketgani bilan izohlashga urindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ob’ektni o‘zi mustaqil ravishda ko‘chira olmagan va shu sababli ustaxonaga qarab yo‘l olgan, yo‘lda esa guvohlar uni videoga tushirgan. Haydovchi sodir bo‘lgan holat uchun uzr so‘radi.

Keltirilgan vajlarga qaramasdan, haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirildi. Ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, sud tomonidan huquqbuzarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish