O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda anomal issiq tufayli svet o‘chishi mumkin

Toshkentda anomal issiq tufayli svet o‘chishi mumkin

Poytaxtda anomal issiq tufayli elektr iste’moli keskin ortishi kutilmoqda. «Toshkent shahar MET» tarmoqdagi yuqori yuklama sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik va avariyaviy uzilishlardan ogohlantirdi.

Respublikada kuzatilayotgan anomal jazirama ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’moli keskin ortishi kutilmoqda. Bu haqda “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali poytaxt aholisini ogohlantirdi.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, tarmoqdagi yuqori yuklama sababli Toshkentning ayrim hududlarida qisqa muddatli uzilishlar hamda avariyaviy o‘chishlar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori.

Hozirda mutaxassislar tizim barqarorligini ta’minlash va yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Iste’molchilardan so‘rov: Korxona shahar aholisidan tarmoqqa tushadigan bosimni kamaytirish uchun elektrdan oqilona va tejamkor foydalanishni hamda vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishni so‘radi.