Toshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyatMirziyoyev Putinni «Yedinaya Rossiya»ning Davlat Dumasiga saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladiSiyosatQashqadaryoda 14 yoshli o‘g‘lini 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 3 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston banklarining sof foydasi bir yilda 68 foizga oshib 12 trillion so‘mdan oshdiIqtisodiyotO‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha quruq va iliq ob-havo hukm suradiJamiyatO‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati uzaytirildiJamiyatToshkentda bank mas’ullari fuqaroning 300 ming dollar omonatini o‘zlashtirgani aniqlandiJamiyat

Toshkentda iPhone’larni qonuniylashtirib bergan bojxona xodimi ushlandi

Toshkentda iPhone’larni qonuniylashtirib bergan bojxona xodimi ushlandi

«Keles» bojxona posti inspektori 3000 dollar pora olayotganda ushlandi. U noqonuniy olib kirilgan 10 ta iPhone uchun o‘zgalar pasportiga IMEI-kodlarni rasmiylashtirib bergan.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Keles» temir yo‘l chegaralangan bojxona posti inspektori pora olish va noqonuniy olib kirilgan texnikani qonuniylashtirishda ayblanib ushlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bojxona xodimi O‘zbekistonga o‘rnatilgan qoidalarni buzgan holda olib kirilgan 10 ta iPhone smartfoni uchun bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va Ularning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga fuqarodan 3 ming dollar olgan. Qonunbuzarlik sxemasi quyidagicha bo‘lgan: bojxona xodimi telefonlarning IMEI-kodlarini boshqa fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda ularning nomiga rasmiylashtirgan va «kulrang» smartfonlarga rasmiy maqom bergan. Shu tariqa, bitta iPhone’ni rasmiylashtirish narxi o‘rtacha 300 dollarga tushgan.

Bojxona inspektori pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.