Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandi

Toshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandi

Toshkentda 27 yoshli qizning intim fotosuratlari va videolarini tarqatmaslik evaziga 3 000 dollar talab qilgan 31 yoshli erkak ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahrida yosh qizga tegishli intim xarakterdagi fotosurat va videolarni tarqatish hamda yaqinlariga ko‘rsatish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan 31 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir 27 yoshli jabrlanuvchi ayolning murojaati va arizasi asosida o‘tkazildi. Gumonlanuvchi unga tegishli shaxsiy va intim materiallarni tarqatmaslik hamda uni oila a’zolari va yaqinlari oldida sharmanda qilmaslik evaziga 3 000 AQSH dollari berishni talab qilgan.

31 yoshli gumonlanuvchi shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish