So‘nggi:
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyatShavkat Mirziyoyev bokschi Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdiJamiyat5 ta OTMga kirolmaganlar uchun yangi imkoniyat: to‘lmay qolgan kvotalarga qabul qilinish mumkinJamiyat

Toshkent yerusti metrosi bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdi

Toshkent yerusti metrosi bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdi

Toshkent yerusti metroning «Turon» bekatida tom qismining siljishi va pastga qulashi oqibatida ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Bekatda poyezdlar harakati butunlay to‘xtatildi, mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

16-iyul kuni soat 14:34 larda Toshkent metropolitenining Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishidagi «Turon» bekatida favqulodda hodisa — tom konstruksiyasi qismining siljishi va pastga qulab tushishi holati kuzatildi. Kun o‘rtasida yo‘lovchilar ko‘p bo‘lgan vaqtda bekat shiftining qoplama elementlari kutilmaganda yo‘lovchilar platformasiga qulagan. Bu haqda metro matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Shift konstruksiyasining qulashi oqibatida o‘sha vaqtda platformada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi turli darajadagi yengil tan jarohatlari oldi. Hodisa joyiga metropoliten xodimlari va navbatchi tibbiyot xodimlari zudlik bilan yetib kelishdi hamda jarohatlangan shaxslarga bekatning o‘zidayoq birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda konstruksiyaning qolgan qismlari ham qulab ketishining oldini olish maqsadida «Turon» bekatida poyezdlar harakati vaqtincha butunlay to‘xtatildi. Hozirgi vaqtda ob’ektda maxsus guruh ishlamoqda. Mutaxassislar va muhandislar tomonidan tom qismining siljish sabablari o‘rganilmoqda, texnik ko‘rik o‘tkazilib, qulash oqibatlarini bartaraf etish va tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda yo‘nalishda tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadzi, metropoliten tomonidan zudlik bilan kompensatsiya avtobuslari yo‘nalishi tashkil etildi. Hozirda «Qipchoq» va «Quruvchilar» bekatlari oralig‘ida tebkin (bepul) metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular muammo to‘liq bartaraf etilgunga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.