So‘nggi:
O‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyat

Toshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildi

Toshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildi

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ikki mingga yaqin bola zaharlanishi yuzasidan sud yakunlandi. “Shark Milk Product” rahbariyati va texnologlaridan iborat 11 kishi aybdor deb topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, barcha 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan aybdor deb topildi va ularga quyidagicha jazolar tayinlandi:

  • R. O. (“Shark Milk Product” MCHJ direktori) — 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

  • A. S. (“Shark Milk Product” MCHJ bosh texnologi) — 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

  • R. X. (“Shark Milk Product” MCHJ texnologi) — 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

  • S. S. (“Shark Milk Product” MCHJ ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejeri) — 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

  • F. O. (“Shark Milk Product” MCHJ ta’sischisi va direktori o‘rinbosari) — 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

  • M. N. (“Shark Milk Product” MCHJ texnologi yordamchisi) — 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish

  • J. X. (“Governess Business” MCHJ direktori) — 3 yil muddatga ozodlikni cheklash

  • I. S. (“Innavation Outsourcing Servise” MCHJ direktori) — 3 yil muddatga ozodlikni cheklash

  • B. R. (“Nishon invest” MCHJ direktori) — 3 yil muddatga ozodlikni cheklash

  • F. D. (“Kinder Garden Group” MCHJ direktori) — 3 yil muddatga ozodlikni cheklash

  • D. Q. (“Shark Milk Product” MCHJ laboranti) — 3 yil muddatga ozodlikni cheklash

Shuningdek, sud hukmi bilan sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqlardan (ma’lum lavozimlarda ishlash) mahrum qilish jazosi ham qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2025-yil sentyabr oyida Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyichirchiq tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ommaviy zaharlangan edi. Tergov doirasida zaharlanishga sabab bo‘lgan sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib bergan autsorsing kompaniyalari vakillari jinoiy javobgarlikka tortilgan.