O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildi

Toshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildi

Toshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi jamoat transporti uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Endilikda yo‘l haqi to‘lov usuliga qarab farqlanadi, shuningdek abonement va transfer tariflari ham joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, transport yoki bank kartasi orqali to‘lov qilgan yo‘lovchilar bir safar uchun 2 ming so‘m to‘laydi. Naqd pul bilan to‘lov qiluvchilar uchun esa tarif 2 600 so‘m etib belgilandi. Bir dona bagajni tashish narxi ham 2 600 so‘mni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, yo‘lovchilar uchun yangi abonementlar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ular 1, 7, 90, 180 va 365 kunlik cheksiz yo‘l kartalarini, shuningdek 5, 10, 15, 20 va 30 kun davomida amal qiladigan belgilangan safarlar soniga mo‘ljallangan tariflarni xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, abonementlardan foydalanish transport xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Masalan, 130 ta safarni o‘z ichiga olgan 30 kunlik abonement 200 ming so‘m turadi. Xuddi shu miqdordagi safarlar uchun alohida to‘lov qilinganda esa 260 ming so‘m sarflashga to‘g‘ri keladi.

Yana bir variant sifatida 7 kunlik cheksiz abonement taklif etiladi. Uning narxi 51 ming so‘m bo‘lib, haftasiga kamida 26 marta, ya’ni kuniga o‘rtacha to‘rt marotaba transportdan foydalanadigan yo‘lovchilar uchun foydaliroq hisoblanadi.

Ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozlar saqlanib qoladi. Pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va o‘quvchilar abonementlarni arzonlashtirilgan narxda xarid qilishlari mumkin. Masalan, ular uchun bir kunlik cheksiz yo‘l kartasi 4 ming so‘m, umumiy tarif bo‘yicha esa 8 ming so‘m etib belgilangan.

Bundan tashqari, yangi tizimda transport kartalari egalari uchun transfer tariflari ham joriy etiladi. Bu yo‘lovchilarga bir nechta avtobusga almashib o‘tishda yo‘l haqini yanada qulay shartlarda to‘lash imkonini beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish