Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida 42,5 mlrd so‘mlik soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlagan MCHJlar hamda 5,2 mlrd so‘m soliqni hisoblamagan soliq boshqarmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tekshiruvlar davomida 6 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) mansabdor shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 32,6 milliard so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) byudjetdan noqonuniy ravishda qaytarib olgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu shaxslar 195,9 milliard so‘mlik mahsulotlarni naqd pulga sotib, savdodan tushgan mablag‘larni bank muassasalariga topshirmasdan, savdo qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzgan holda jami 42,5 milliard so‘mlik soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari mazkur MCHJlarda o‘tkazilgan audit tekshiruvlari jarayonida o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani ma’lum bo‘ldi. Ular tekshiruv dalolatnomalarini rasmiylashtirishda 5,2 milliard so‘m miqdoridagi soliqlarni hisoblamasdan ko‘rsatib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 4,7 milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari keshbek shaklida talon-toroj qilingani hamda soxta cheklar rasmiylashtirilishi ortidan 96 mingdan ortiq fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish