O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Bekobodga yangi elektropoyezdda keldi. 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan 6 vagonli zamonaviy poyezd konditsioner, Wi-Fi va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar bilan jihozlangan.

Ushbu transport infratuzilmasini yangilash ishlari davlat rahbarining 2025-yil 27-dekabrdagi mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirishga oid qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Uzunligi 192 kilometr bo‘lgan “Toshkent – Bekobod” temir yo‘l yo‘nalishi kuniga qariyb 1 mist, yiliga esa 300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Bu esa avtomobil yo‘llaridagi tirbandlikni kamaytirish va ekologik toza transport ulushini oshirishga xizmat qiladi. Davlat rahbari mutasaddilarga temir yo‘llarni elektrlashtirish va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yo‘nalishga qo‘yilgan 6 vagonli elektropoyezd 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 120 km tezlikkacha harakatlana oladi. Vagonlar yumshoq o‘rindiqlar, konditsioner va isitish tizimi, USB-portlar, Wi-Fi hamda kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar va velosipedlar uchun joylar ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt transport tizimini yangilash doirasida yaqinda Toshkent metropoliteni ham yana 3 ta zamonaviy poyezd bilan to‘ldirildi, yil yakuniga qadar esa yana 11 ta tarkib sotib olingishi rejalashtirilgan.

Yangi tarkibning ishga tushirilishi poytaxt va Bekobod o‘rtasidagi qatnov vaqtini eski shaharvarat poyezdlariga nisbatan deyarli 1,5 barobarga qisqartiradi va bu avtomobil transportiga qaraganda jiddiy ustunlik beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish