O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadi

Toshkent maktablarida davomat Face ID smart-kameralar orqali nazorat qilinadi

Toshkentda Face ID tizimiga ega «SI Davomat» loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda 446 ta smart-kamera o‘rnatildi. Sababsiz dars qoldirishlar haqida ota-onalar va Milliy gvardiyaga xabar beriladi.

Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning darslarga qatnashishini nazorat qiluvchi «SI Davomat» («AI-davomat») raqamli tizimini joriy etish boshlandi. Usbu loyiha Face ID yuzni tanish texnologiyasi hamda maxsus smart-kameralar ishiga asoslangan. Hozirgi bosqichda tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda va ushbu muassasalarda 446 ta aqlli kamera o‘rnatib bo‘lingan. Sinov natijalari asosida loyihani poytaxtdagi barcha maktablarda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

«SI Davomat» tizimining ishlash mexanizmi avtomatik ogohlantirishga asoslangan: agar o‘quvchi darslarni sababsiz qoldirsa, uning ota-onasiga darhol SMS-xabarnoma yuboriladi. Shu bilan birga, bu haqidagi ma’lumot avtomatik ravishda maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi hamda mahalla vakillariga uzatiladi. Dars qoldirish sabablarini aniq ajratish uchun tizim ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiya qilindi, bu esa kasallik tufayli kelmagan o‘quvchilarni sababsiz qoldirganlardan ajratish imkonini beradi.

Tizim ko‘rsatkichlari asosida poytaxt maktablari davomat darajasiga qarab «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi. Mazkur tashabbus Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning o‘tgan yil avgust oyida qabul qilingan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatda sun’iy intellekt yordamida nafaqat davomatni, balki ta’lim sifatini hamda o‘quvchilarning psixologik holatini monitoring qilish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish