Toshkentda issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar boshlanmoqda

Jamiyat

Toshkentda issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar boshlanmoqda. 24-martdan 1-mayga qadar rejaviy sinov ishlari o‘tkaziladi.

Yuqori bosim ostida amalga oshiriladigan ushbu tadbirlar kelgusi isitish mavsumida avariyalarning oldini olish va tizim barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Iste’molchilar diqqatiga: 24-martdan 31-martga qadar issiq suv ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. 1-apreldan may oyining boshiga qadar o‘tkaziladigan sinovlar esa aholi uchun issiq suvni o‘chirmasdan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Issiqlik manbalari (IM) bo‘yicha asosiy ish kunlari quyidagicha belgilangan:

  • Markaziy hududlar va Yunusobod. IM-3 (Chorsu, Olmazor) 6 va 13-aprelda, IM-4 (Yunusobod, Qoraqamish) esa 7, 8, 23 va 24-aprel kunlari tekshiriladi.

  • Chilonzor va Uchtepa. IM-5 hududida sinovlar 8 va 15-aprelga, IM-9 (O‘rikzor) hududida esa 10 va 17-aprelga to‘g‘ri keladi.

  • Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod. IM-1 uchun 9 va 16-aprel, IM-2 (Qorasuv) uchun 7 va 22-aprel sanalari belgilangan.

  • Sergeli va boshqa yo‘nalishlar. IM-8 (Sergeli, Yo‘ldosh) 16 va 23-aprelda, «Vodnik» qozonxonasi esa 20 va 27-aprel kunlari sinovdan o‘tkaziladi.

Toshkent IEM (Mirabod, Afrosiyob) hududidagi ishlar 14 va 21-aprel kunlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Pressa.uz