So‘nggi:
O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosat

Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov dastlabki renovatsiya shtablari faoliyati bilan tanishdi

Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov dastlabki renovatsiya shtablari faoliyati bilan tanishdi

Poytaxt hokimligi uylarni renovatsiya qilish dasturining birinchi bosqichiga start berdi. Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlarida aholi bilan muloqot qilish uchun maxsus shtablar ochildi.

Toshkent shahrida eskirgan uy-joy fondini yangilashga qaratilgan renovatsiya dasturini hayotga tatbiq etishning amaliy bosqichi boshlandi. Dastlabki bosqichda shahar ma’muriyati loyihaning borishi, ko‘chirish shartlari hamda fuqarolarga beriladigan kafolatlar bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh tumanlarda tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyati bilan tanishdi.

Hozirgi kunda quyidagi hududlarda birinchi muloqot shtablari ish boshladi:

  • Yashnobod tumani — “Jarqurg‘on” mahallasi;

  • Mirobod tumani — “A. Fitrat” mahallasi;

  • Sergeli tumani — “Xonobodtepa” mahallasi.

Bunday shtablar respublikadagi barcha renovatsiya hududlarida bosqichma-bosqich ochiladi. Aholi muammolarini joyida hal etish uchun shtablar tarkibiga hokimlik, prokuratura, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, kadstr, adliya xodimlari, shuningdek, bank, notarius va barcha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining mas’ul mutaxassislari biriktirilgan. Ularning vazifasi har bir oilaning sharoitini o‘rganish, hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish va takliflarni qayd etishdan iborat.

Shahar hokimi uchrashuvlar davomida renovatsiya jarayonida fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish eng oliy mezon bo‘lishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, aholini uyi buzilganidan keyin yillar davomida yangi bino qurilishini kutib sarson bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Odamlar imkon qadar o‘zlari o‘rgangan shahar muhitida yoki aynan shu tumanning o‘zida joylashgan, qurilishi to‘liq yakunlangan tayyor yangi uylardagi xonadonlarga ko‘chiriladi.