So‘nggi:
Surxondaryoda mast haydovchi va uning yaqinlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdiJamiyatO‘zbekistonda avtomobillarning zaharlilik darajasini tekshirish bo‘yicha reydlar boshlandiJamiyatYanagihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi — Hududgazta’minotJamiyatFarg‘onada 41 nafar qizni yashirincha o‘qitgan noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo‘yildiJamiyatTatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdiJamiyatAQShda yuz minglab ajnabiylarning vizalari bekor qilindiDunyoO‘zbekistonda yetti oyda 146 kishi mehnatdagi baxtsiz hodisalar qurboni bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun elektr energiyasining avans to‘lovi 50 foizga tushirilishi kutilmoqdaIqtisodiyotNijnekamskdagi PUA hujumida halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borJamiyatO‘zbekistonda haydovchisiz taksilar ishga tushirilishi mumkinJamiyat

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Nijnekamskdagi PUA hujumida fuqarolari halok bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan maxsus hukumat komissiyasi va ishchi guruh Rossiyaga jo‘natildi.

Tatariston Raisi Rustam Minnixanov Nijnekamsk shahridagi dronlar hujumi oqibatida o‘z fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonga hamdardlik telegrammalarini yo‘lladi.

10-avgust kuni ertalab Nijnekamskdagi sanoat va fuqarolik ob’yektlariga uyushtirilgan PUA xuruji oqibatida jami 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Halok bo‘lganlarning 8 nafari O‘zbekiston, bir nafari esa Tojikiston fuqarosi ekani ma’lum qilindi. Rustam Minnixanov o‘z murojaatida vafot etganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga barcha zaruriy yordamlar ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Hujum natijasida 70 dan ortiq kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 21 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.Yuz bergan mudhish voqea ortidan Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terrorchilik harakati) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda Tataristonda 10-avgust kuni rasman motam deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida maxsus Hukumat komissiyasi tuzildi. FVV, TIV, SSV va Migratsiya agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini maxsus reys orqali yurtimizga olib kelish va ularning oilalariga ko‘maklashish choralarini ko‘rmoqda.