So‘nggi:
Surxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyat

Surxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

Surxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

Surxondaryo viloyatida havo harorati +44°C gacha ko‘tarilayotgani sababli yo‘l qoplamasini asrash maqsadida har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha og‘ir yuk mashinalari harakati taqiqlandi.

Surxondaryo viloyatida o‘ta issiq ob-havo sharoitida avtomobil yo‘llari qoplamasini saqlash hamda ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish maqsadida og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha cheklov joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda kunduzi havo harorati +42…+44 darajagacha, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Bunday sharoitda asfaltobeton qoplamasi harorati +70…+80 darajagacha yetib, qoplamaning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi. Natijada og‘ir yuk avtomobillari harakati ta’sirida yo‘l qoplamasida g‘ildirak izlari, deformatsiya va boshqa texnik nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin.

Cheklov vaqti va tartibi: Termiz shahri, tuman markazlari hamda ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

Mazkur choralar davlat byudjeti hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qurilgan va ta’mirlangan avtomobil yo‘llarini asrash maqsadida, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq joriy etildi. Surxondaryo viloyati hokimligi haydovchilar, yuk tashuvchi korxona va tashkilotlardan ushbu cheklovlarga qat’iy rioya qilishlarini hamda yuk tashish vaqtlarini tungi va salqin vaqtlarga rejalashtirishlarini so‘radi.

Avvalroq mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo tufayli Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi bolalar bog‘chalari vaqtincha yopilgan edi.