Sovrin jamg‘armasi 620 mln so‘m bo‘lgan V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniri o‘tkaziladiJamiyatQirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar qirg‘iz tili bo‘yicha test topshirdiDunyoFarg‘onada guvohnomasiz BMW boshqargan haydovchi YTHda halok bo‘ldiJamiyatToshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildiJamiyatQashqadaryoda suv tashqini oqibatida bir kishi halok bo‘ldiJamiyatToshkentda 1-noyabrdan issiq suv va isitish xizmati tariflarini 30 foizga oshirish taklif etildiJamiyatKuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladiJamiyatToshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyat

Sovrin jamg‘armasi 620 mln so‘m bo‘lgan V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniri o‘tkaziladi

Sovrin jamg‘armasi 620 mln so‘m bo‘lgan V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniri o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etuvchi V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniriga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Ishtirokchilar 15-oktyabrgacha ariza topshirishlari mumkin.

Musobaqa shartlari va bosqichlari

O‘zbekistonda an’anaviy V «Zakovat-Gambit» shaxmat turniriga start berilmoqda. Umumiy sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu musobaqada mamlakatning barcha yoshdagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Turnir to‘rtta asosiy bosqichda tashkil etiladi:

  • Hududiy saralash: 19–22-oktyabr;

  • Onlayn saralash: 24-oktyabr;

  • Yarim final: 28-oktyabr;

  • Final: 29–30-oktyabr.

Hududiy saralash bosqichidan o‘ta olmagan yoki unda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan shaxmatchilarga onlayn saralash orqali yarim finalga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan nomzodlar 15-oktyabr soat 23:59 ga qadar gambit.zakovatklubi.uz rasmiy sayti orqali o‘z shaxmat reytingiga mos guruhni tanlab, ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.