So‘nggi:
Toshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyat

Soliqchilar tekshiruv o‘tkazishda videokameradan foydalanishga majbur bo‘ladi

Soliqchilar tekshiruv o‘tkazishda videokameradan foydalanishga majbur bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi soliq nazorati tadbirlarini videoga olish qoidalarini belgiladi. Xodimlar soni, kassa va terminal operatsiyalari endi tasvirga tushiriladi. Tasvirga olish tadbirkor ishiga xalaqit bermasligi shart.

Hukumat qarori bilan soliq organlari xodimlarining tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazadigan tekshiruvlarini videotasvirga olish mexanizmi joriy etildi. Endilikda nazorat tadbiri boshlanishidan avval soliq idorasi rahbariyati tasvirga olish bo‘yicha alohida ko‘rsatma berishi shart.

Yangi tartibga ko‘ra, soliqchilar ob’ektlarni xatlovdan o‘tkazish, tushumni aniqlash (xronometraj) va xodimlarning haqiqiy sonini hisob-kitob qilish jarayonlarini kameraga muhrlaydi. Shuningdek, savdo qoidalariga rioya etilishi, terminal va nazorat-kassa texnikasidan foydalanish holatlari ham videonazorat ostida bo‘ladi.

Hujjatda alohida qayd etilishicha, tasvirga olish jarayoni tadbirkorning qonuniy ish faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi lozim. Tekshiruv yakunlangach, foydalanilgan uskunaning rusumi va seriya raqami dalolatnomaga kiritiladi, videodagi barcha faktlar hujjatlashtiriladi.