So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaevga 8 yildan ortiq qamoq jazosi tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaevga 8 yildan ortiq qamoq jazosi tayinlandi

Shayxontohur tuman sudida Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev hamda uning 8 nafar sherigiga nisbatan hukm o‘qildi. Sobiq yuqori martabali mulozim 8 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzaev (1969-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan) hamda uning sheriklari bo‘lmish umumiy 9 nafar shaxsga oid jinoyat ishi bo‘yicha rasman sud hukmi o‘qildi.

Sud sudlanuvchi M.Mirzaevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (O‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik/o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi 2-qismi «a» bandi (Mansab vakolatini juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste’mol qilish) hamda 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) bilan aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, M.Mirzaevga 3 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ushbu ish bo‘yicha sudlangan boshqa 8 nafar shaxs ham Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 184-moddasi (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakiylashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) kabi moddalari bo‘yicha ayblanib, 4 yildan 9 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud qarori bilan sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni sudlanganlardan undirish belgilandi. Tayinlangan jazo muddatlari sudlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi. Majlis yakunida sudyasi tomonidan barcha taraflarga sud hukmi mazmuni va u ustidan shikoyat berish tartibi tushuntirildi.