Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldi

Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldi

Pop tumanida «Rayxon oilaviy milliy taomlari» asoschisi Odilxon Ismoilov va yana 6 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi. Ular mablag‘larni talon-toroj qilish va hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi.

Oliy sud matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, sudlanuvchilar kursisidan jami yetti nafar shaxs joy olgan. Avvalroq tergov organlari tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining sakkizta moddasi, jumladan, soxta tadbirkorlik, mansab soxtakorligi va talon-torojlik bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilarning barchasi quyidagi moddalar bo‘yicha aybdor deb topildi:

  • 167-modda 3-qismi «a» bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);

  • 209-modda 2-qismi «a» bandi (Mansab soxtakorligi);

  • 227-modda 2-qismi «a» bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, unga shikast yetkazish yoki yashirish);

  • 228-modda 2-qismi «a», «b» bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish).

Sud qarori bilan O. Ismoilovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasi (Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) talablaridan kelib chiqib, yakuniy jazo muddati 7 yil 11 oy 28 kun etib belgilandi.

Qolgan olti nafar sudlanuvchiga ham sodir etgan qilmishlarining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazolari berildi. Shuningdek, sud mahkumlardan jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risida qaror chiqardi.