O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Sirdaryo viloyatidagi yangi IESda 1600 MVt quvvat avariyaviy tarzda o‘chib qoldi

Sirdaryo viloyatida EDF kompaniyasiga tegishli yangi IESda 1600 MVt quvvat uzilib qoldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika tizimida uzilishlar kuzatildi.

Avariyaviy o‘chish va elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklash

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa hozirda sozlash va ishga tushirish jarayonlari olib borilayotgan ob’ektda tonggi soat 05:05 da qayd etilgan. Avariyaga qarshi avtomatika tizimining ishga tushishi respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlarga olib keldi. Uzilishlar asosan qishloq xo‘jaligi suv nasoslari hamda maishiy iste’molchilar ta’minotida kuzatildi.

Energiya saqlash tizimlari hamda zaxira elektr stansiyalari quvvatlarini safarbar etish evaziga barcha iste’molchilar tarmoqqa qayta ulandi.

Mintaqaviy energetika tizimiga ta’siri va Qozog‘istondagi holat

Sirdaryo IESdagi generatsiyaning uzilishi qo‘shni davlatlar energetika tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tizimidagi uzilish Markaziy Osiyo birga shakllantirgan energetika halqasidan quvvatning keskin oqib o‘tishiga va Qozog‘istondagi Shimal — Janub tranzitining ajralishiga olib kelgan.

Ushbu holat sababli Qozog‘iston energetika tizimida iste’molchilarni cheklash hajmi 962 MVtni tashkil etgan. Hozirgi vaqtda qo‘shni davlatda ham barcha чекlovlar to‘liq olib tashlandi va tarmoq barqaror ish rejimiga o‘tkazildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish