So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojialar munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojialar munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti XXR yetakchisiga mamlakat janubidagi suv toshqini va yirik yong‘in oqibatida o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga inson qurbonliklari va jiddiy vayronagarchiliklarga olib kelgan fojiali voqealar munosabati bilan rasmiy hamdardlik maktubini yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor rayonida yuz bergan keng ko‘lamli suv toshqini, shuningdek, Fuszyan provinsiyasidagi yirik yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan chuqur ta’ziya va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi. O‘z maktubida Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, barcha jarohatlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Xalqaro axborot agentliklarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, XXR janubidagi vayronkor suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetgan, yana kamida to‘qqiz nafar mahalliy aholi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Talafot ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davom etmoqda.