So‘nggi:
Dushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyatO‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindiJamiyatKongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdiDunyoFarg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladiJamiyatAndijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindiJamiyatToshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasiga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l ochildiJamiyatO‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdiJamiyatAQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdiDunyoO‘zbekistonda to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash qoidalari kuchaytirildiIqtisodiyotO‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladiSiyosat

Shavkat Mirziyoyev Ostonada Mintaqaviy ekologik sammitda ishtirok etmoqda

Shavkat Mirziyoyev Ostonada Mintaqaviy ekologik sammitda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Prezidenti sammit tadbirlarida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi. Xalqaro ko‘rgazmalar markazida Shavkat Mirziyoyevni Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi.

Mazkur Mintaqaviy ekologik sammit mintaqa davlatlari rahbarlari va xalqaro ekspertlarni suv resurslaridan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma yechimlarni ishlab chiqish yo‘lida birlashtirdi.

Sammit dasturi keng ko‘lamli ekspozitsiya bilan tanishishdan boshlandi. Ayni daqiqalarda delegatsiyalar rahbarlari milliy pavilonlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirmoqdalar, u yerda mintaqa mamlakatlarining «yashil» energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yutuqlari namoyish etilmoqda.

Kutilishicha, sessiyalar davomida Mintaqaviy ekologik sammit global iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga qaratilgan O‘zbekiston tashabbuslarini ilgari surish uchun muhim maydon bo‘ladi.