O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Ostona sammitida sakkizta tashabbusni ilgari surdi

Шавкат Мирзиёев выдвинул восемь глобальных инициатив на экологическом саммите в Астане

Qozog‘iston poytaxtida Mintaqaviy ekologik sammit bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev Ostona sammitida sakkizta tashabbusni ilgari surdi.

Ostonadagi Mintaqaviy ekologik sammitda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi global sur’atlardan ikki baravar tezroq kechayotganiga to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari mintaqa muzliklarining qariyb uchdan bir qismi erib ketgani va suv resurslari taqchilligi ortib borayotganini qayd etdi.

O‘z chiqishida Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni iqlimiy birdamlikka chaqirib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun zamonaviy texnologiyalar va moliyaviy resurslardan foydalanish adolatli bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Tahdidlarga javob sifatida prezident sakkizta aniq tashabbusni taqdim etdi. Ular orasida «Markaziy Osiyo toza havosi» konsorsiumini tuzish, ekotovarlar uchun imtiyozli «Yashil savdo koridori»ni shakllantirish va mintaqaviy «Qizil kitob»ni nashr etish takliflari bor. Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni ekologik farovonlik va barqaror rivojlanish maydoniga aylantirishga xizmat qiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish