O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni parlament saylovlaridagi g‘alaba bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni parlament saylovlaridagi g‘alaba bilan qutladi

O‘zbekiston Prezidenti Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga tabrik maktubi yo‘lladi. Davlat rahbari saylov natijalari xalqning amaldagi siyosatga bo‘lgan yuksak ishonchi ramzi ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga uning rahbarligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozongani munosabati bilan rasmiy tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z qutlovida erishilgan ushbu natija arman xalqining mamlakatda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat kursiga, xususan, Janubiy Kavkaz hududida tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash borasidagi tizimli sa’y-harakatlarga bo‘lgan yuksak ishonchining amaliy isboti ekanini alohida e’tirof etdi.

O‘zbekiston yetakchisi ikki tomonlama sheriklik aloqalariga to‘xtalar ekan, birgalikdagi intilishlar va tashabbuslar kelgusida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Maktub yakunida Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanga mustahkam sog‘liq va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, do‘st Armaniston xalqiga esa tinchlik-omonlik va qut-baraka tiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish