Navoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro institut bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida Toni Bler Yangi O‘zbekistondagi transformatsiya va modernizatsiya jarayonlariga yuqori baho berdi. Shuningdek, yaqinda muvaffaqiyatli yakunlangan Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surishda samarali xalqaro maydonga aylangani alohida e’tirof etildi.

Tomonlar kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Kelgushida quyidagi sohalarga asosiy e’tibor qaratiladi:

  • Iqtisodiyotning muhim va strategik tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish;

  • Dunyoning yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalari hamda yirik strategik investorlarini mamlakat bozoriga jalb qilish;

  • Raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va ilg‘or innovatsion yechimlarni keng joriy etish.

Eslatib o‘tamiz, 25-iyun kuni davlatimiz rahbari AQShning Savdo vakili Jeymison Grirni ham qabul qilgan edi. AQSh delegatsiyasi bilan o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.