Navoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Qatardagi gaz zavodida yuz bergan portlash munosabati bilan amirga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qatardagi gaz zavodida yuz bergan portlash munosabati bilan amirga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ras Laffan sanoat zonasidagi fojia oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Korxonadagi avariya tufayli 13 kishi qurbon bo‘lgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash majmuasida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya yo‘lladi. Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, shifoxonada qolayotgan barcha jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qatarning eng yirik sanoat zonalaridan biri hisoblangan Ras Laffandagi gaz zavodida 21-iyun kuni kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Mamlakat rasmiy idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur baxtsiz hodisa oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 66 nafar ishchi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Qatar energetika vaziri Saad Sherida al-Kaabining ma’lum qilishicha, texnologik fojia “Barzan” gaz ta’minoti inshootida yuz bergan. Vazir bu hodisa to‘liq texnik xarakterdagi baxtsiz voqea ekanligini, uning ortida hech qanday qo‘poruvchilik yoki dushmanlik harakatlari turmaganini alohida qayd etdi. Ras Laffan majmuasi dunyodagi eng yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Qatarning energetika infratuzilmasida hal qiluvchi ahamiyatga ega ob’yekt hisoblanadi.