So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada yangi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan futbol o‘ynadi | Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga nisbatan ochilgan ishni to‘xtatdi | Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi | Navoiyda ota mashinasini ishonib topshirgan o‘smir vafot etdi | O‘zbekistonda har oltinchi nikoh ajrim bilan tugamoqda | Abduqodir Husanov yana “Man City”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin | O‘zbekistondagi barcha maktablarda ikkinchi smenani bekor qilinadi | Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari miqdori 12 baravargacha oshirilishi mumkin | Toshkentda o‘rtacha ish haqi rekord darajadagi 11,6 mln so‘mdan oshdi | O‘zbekistonda “Qurilishda qonuniylik” mobil ilovasi ishga tushiriladi |

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Fergana Expo ko‘rgazma majmuasi imkoniyatlari va tadbirkorlar uchunyangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi. Viloyatda Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiya ishtirokida akkumulyatorlar ishlab chiqarish hamda tibbiyot klasterini tashkil etish kabi yirik loyihalar boshlanmoqda.

Prezidentga invest.gov.uz va pmi.miit.uz platformalarining imkoniyatlari taqdim etildi. Ushbu tizimlar endilikda investitsiya loyihalarini “yagona darcha” tamoyili asosida to‘liq boshqarish imkonini beradi. Farg‘onadagi ushbu tajriba yaqin vaqt ichida Toshkent va boshqa strategik hududlarda ham joriy etiladi.

Taqdimot davomida xorijiy hamkorlar bilan energetika, savdo va yuqori texnologiyalar sohasidagi kelishuvlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Hamkorlik dasturi Xitoy ko‘magida Yevrosiyo xalqaro savdo markazini barpo etish hamda Janubiy Koreya kompaniyalari bilan birgalikda issiqlik energetika stansiyasini qurishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, koreyalik hamkorlar biopelletlar ishlab chiqarish tarmog‘ini ham ishga tushiradi.

Turkiya tomoni bilan viloyatda zamonaviy tibbiyot klasterini shakllantirish, ekologik transport yo‘nalishida esa elektromobillar uchun akkumulyator zavodini qurish rejalashtirilgan.

Sanoat vazifalari bilan bir qatorda, shahar infratuzilmasini yaxshilash rejalari ham ko‘rib chiqildi. Suv ta’minoti tizimlarini yangilash loyihasiga Fransiya, Ispaniya, Qatar va BAA ekspertlari jalb etilgan. Turizm sohasida kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona qurish, shuningdek, Quvasoyda yangi formatdagi dam olish bog‘ini tashkil etishga urg‘u berilmoqda.

Investorlarga xizmat ko‘rsatish markazi binosining yuqori qavatlari investorlar uchun ofis sifatida ajratilib, u yerda davlat idoralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.