Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralar va qator ikkitomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadyr Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari ushbu mamlakatga davlat tashrifini amalga oshiradi.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda transport-logistika va madaniy-gumani tar aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar.

Tashrifning asosiy voqealari:

  • Ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikkitomonlama hujjatlar paketini imzolash;

  • Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish