O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyotO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadiJamiyatDollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev yagona davlat boshqaruvi raqamli platformasini joriy etishni ma’qulladi

Shavkat Mirziyoyev yagona davlat boshqaruvi raqamli platformasini joriy etishni ma’qulladi

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevga davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi taqdimoti namoyish etildi. Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan tizim joriy yilda Toshkentda, keyingi yildan esa barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi platforma sun’iy intellekt yordamida hududlardagi muammolarni oldindan aniqlash, iqtisodiyot, investitsiya va geofazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.

Tizim joriy yilda poytaxtda sinovdan o‘tkazilib, kelgusi yildan boshlab respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, bojxona va soliq idoralari uchun yagona milliy tasniflagich hamda chet el tizimlariga qaramlikni kamaytiradigan milliy navigatsiya tizimi yaratiladi.

Taqdimotda IT-xizmatlar eksportini 2030-yilgacha 5 milliard dollarga yetkazish va IT-Park rezidentlari xodimlari uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish rejalari ko‘rib chiqildi. Xorijiy mutaxassislar uchun masofadan korxona ochish va bank kartalarini rasmiylashtirish imkonini beruvchi “Talent Hub” dasturi ishga tushiriladi.

Aloqa infratuzilmasini yaxshilash maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash litsenziyalari muddati 25 kundan 10 ish kuniga qisqartiriladi va yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni yuqori tezlikdagi internet bilan topshirish majburiy etib belgilanadi. Bundan tashqari, chekka hududlarda ushbu biznesni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida 15 foizlik stavka bilan 530 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.