В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Senat Samarqand shahri hududini kengaytirish hamda tuman tugatilishini ma’qulladi

Senat Samarqand shahri hududini kengaytirish hamda tuman tugatilishini ma’qulladi

Senat Samarqand shahri hududini kengaytirish hamda Samarqand tumanini tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Shahar tarkibiga 17 ming gektardan ortiq yangi yer maydonlari qo‘shiladi.

O‘zbekiston Senatining plenar majlisida Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatish hamda Oqdaryo, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ma’qullandi va tegishli qaror qabul qilindi.

Ushbu tashabbus Samarqand shahrining hududini kengaytirish, uning investitsiyaviy va turistik jozibadorligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Senat vakillarining ta’kidlashicha, Samarqand shahri viloyatning eng zich joylashgan hududi hisoblanadi. Shahar chegaralarining kengaytirilishi aholi zichligini kamaytirish, transport infratuzilmasini yaxshilash, tirbandliklarning oldini olish hamda zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida Samarqand shahri tarkibiga 17 226,5 gektar yer maydoni kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ma’muriy-hududiy boshqaruvni maqbullashtirish maqsadida Samarqand tumani tugatilib, uning 28 295 gektar yer maydoni Toyloq tumaniga o‘tkaziladi.

O‘zgartirishlar natijasida shahar aholisi 880 ming kishiga yetib, «millionlik shahar» maqomiga yaqinlashadi. Bu esa yangi hududlarda kichik sanoat zonalari, texnoparklar va yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm va qurilish sohalarida minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini saqlash va ekologik muvozanatni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilib, topshirilayotgan 6 263 gektar yer maydonining toifasi o‘zgarishsiz qoladi.