O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Samarqandda sobiq imom-xatib giyohvandlik vositalari ta’sirida diniy saboq bergani aniqlandi

Samarqandda sobiq imom-xatib giyohvandlik vositalari ta’sirida diniy saboq bergani aniqlandi

Urgut tumanida sobiq imom 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Erkak uyida bolalarga afyun va marixuana ta’sirida noqonuniy pullik diniy dars o‘tgan.

Samarqand viloyatida voyaga yetmagan bolalarga giyohvandlik vositalari ta’sirida noqonuniy diniy saboq berib kelgan sobiq imom-xatibga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Urgut tumanida yashovchi 42 yoshli sobiq imom 2026-yilning may oxiridan 23-iyuniga qadar o‘z xonadonida besh nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy saboq bergan. Har bir bola uchun oylik to‘lov 100 AQSh dollari qilib belgilangan.

23-iyun kuni DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs o‘z uyida ushlandi. Uning xonadonidan diniy adabiyotlar hamda alohida qadoqlangan 3,75 gramm afyun (opiy) va 5,66 gramm marixuana moddalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Tergov jarayonida sudlanuvchi bolalarga diniy dars berish vaqtida giyohvandlik vositalarini iste’mol qilib kelgani tasdiqlandi. Sudda u aybiga to‘liq iqror bo‘lib, karantin davridan buyon giyohvand moddalar iste’mol qilishini aytgan va qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) hamda 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) bilan aybdor deb topdi. Jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan unga 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, unga ikki yil muddatga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlash hamda diniy ta’lim berish taqiqlandi. Shuningdek, sud hukmi bilan unga giyohvandlikdan majburiy davolanish chorasi belgilandi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish