So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Lolazor mahallasiga tashrif buyurib, bolalar maydonchasi o‘rnida biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan hududdagi holat bilan tanishdi.

Tashrif davomida u mahalla ahli tomonidan o‘tkazilgan ko‘p yillik daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga va aholiga tegishli hududlar egallab olinganiga shaxsan guvoh bo‘ldi.

“Odamlar dod deganicha bor — qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

U aholi erkin foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari va yashil zonalar tijorat ofislari yoki turar joy binolari qurish uchun mo‘ljallanmaganini, bu obyektlar faqat va faqat aholi manfaati hamda xavfsizligi uchun xizmat qilishi shartligini qat’iy ta’kidladi. Poytaxt bo‘ylab poymol qilinayotgan shaharsozlik me’yorlari va aholi e’tirozlari davlat darajasida jiddiy choralar ko‘rilishini talab etmoqda.

Yuzaga kelgan ushbu holat ortidan Bosh prokuraturaga butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni, umumiy hovlilar va sport maydonchalarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish topshirildi.

Maxsus guruh qurilishlar uchun ilgari berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik normalariga rioya etilgani va fuqarolar huquqlari paymol qilinmaganini sinchiklab tekshiradi. Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, noqonuniy qurilish va daraxtlarni kesish holatlari aniqlansa, aybdor mas’ullarga nisbatan eng murosasiz jazo choralari ko‘riladi, zarur hollarda ular jinoiy javobgarlikka tortilib, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.