O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Sadriddin Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Sadriddin Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Kadastr agentligida Sherzod Kudbiyev ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Sadriddin Turdiyev agentlik direktori v.b. etib tayinlandi, direktorning yangi o‘rinbosarlari va maslahatchisi tarkibi tasdiqlandi.

11-iyun kuni Kadastr agentligida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, sohadagi bugungi holat va istiqboldagi vazifalar tahliliga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev olib bordi. Unda agentlik oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib kelgan Sadriddin Abdullayevich Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan agentlik rahbariyatining yangi tarkibi — direktorning birinchi o‘rinbosari, uch nafar o‘rinbosari hamda maslahatchisi lavozimlariga quyidagi shaxslar tasdiqlandi:

  • Murat Muxtarovich Fayzullayev — Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;

  • Alisher Abduazizovich Xafizov — Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari;

  • Mirsaid Sadikovich Mirmaksudov — Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari;

  • To‘lqin Mansurovich Abdullayev — Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari;

  • Abdushukr Hamidovich Abdullayev — Kadastr agentligi direktori maslahatchisi.

Yig‘ilish yakunida milliy qo‘mita raisi Sherzod Kudbiyev tomonidan kadastr organlarining yangi tarkibdagi mutasaddilari oldiga yer resurslarini nazorat qilish, davlat kadastrlarini yuritish va ko‘chmas mulk tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish