Veolia Energy Yakkasaroydagi hodisa yuzasidan bayonot berdiJamiyatIshlaydigan onalar uchun yangi nafaqa joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladiJamiyatMarkaziy Osiyo mamlakatlari va Tailand: Kimga bezviz tegdi?JamiyatRossiya aeroportlaridagi cheklovlar sabab Uzbekistan Airways samolyoti Toshkentga qaytdiJamiyatTailand vizasini olish uchun O‘zbekiston fuqarolari Moskvaga borishiga to‘g‘ri keladiJamiyatToshkentda xalqaro yarim marafon sababli 12 ta markaziy ko‘chada harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ob-havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi va harorat pasayadiJamiyatO‘zbekistondan deklaratsiyasiz olib chiqiladigan naqd valyuta cheklovi 10 ming dollargacha oshiriladiJamiyat

Rossiyada Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishga va’da berishdi

Rossiyada Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishga va’da berishdi

RFI faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiyada JCH-2026 musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga muxlislik qilishlarini ma’lum qildi. Ekspert “oq bo‘rilar”ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Rossiya futbol ittifoqining (RFI) faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov “oq bo‘rilar”ning bo‘lajak mundialdagi ishtiroki haqida gapirib, Rossiyada o‘zbekistonlik futbolchilarni chin dildan qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidladi.

Ekspertning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida munosib qarshilik ko‘rsatish va pley-offga yo‘llanma olish uchun barcha resurslarga ega.

“O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan turnirning keyingi bosqichiga chiqa oladi deb umid qilamiz. Ularda imkoniyatlar bor. Biz ushbu jamoaga muxlislik qilamiz va qayg‘uramiz”, — dedi Koloskov “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida.

Hozirda O‘zbekiston futbol jamoatchiligi ushbu tarixiy turnir boshlanishini katta hayajon bilan kutmoqda. Rossiya termasining JCH-2026 turnirida ishtirok etmayotgani fonida, rossiyalik muxlislar va mutaxassislarning daldasi Srechko Katanes shogirdlari uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lishi shubhasiz.